Aleksandr Shcherbak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aleksandr Mixaylovich Shcherbak (1926.28.12, Rossiya Federatsiyasi Stavropol oʻlkasi Turkman tumani) — turkiyshunos olim. Turkiya tilshunoslik jamiyati faxriy aʼzosi (1989), xalqaro finugor jamiyatining muxbir aʼzosi (1996), filol. fanlari doktori (1969). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Stavropol pedagogika institutining filologiya fakultetini tugatgan (1948). 1951 yildan Rossiya Fanlar akademiyasi Lingvistik tadqiqotlar instituti SanktPeterburg boʻlimida katta (1961 yildan), yetakchi (1986 yildan), bosh (1991 yildan) ilmiy xodim. shahrining asosiy ilmiy ishlari turkiy tillar, xususan, oʻzbek tili tarixini oʻrganishga, turkiy tillarni qiyosiy tadqiq etishga va oltoyshunoslikka bagʻishlangan. "Qadimgi turkiy til lugʻati" ("Drevnetyurkskiy slovar", M., 1969)ning tuzuvchi va muharrirlaridan biri.[1]

Manbalar[tahrir]

  • Grammaticheskiy ocherk yazika tyurkskix tekstov X—XII vv. iz Vostochnogo Turkestana, M.—L., 1961; Grammatika starouzbekskogo yaznka, M.—L., 1962; Vvedeniye v sravnitelnoye izucheniye tyurkskix yaznkov, SanktPeterburg, 1994; Ranniye tyurkskomongolskiye yaznkovne svyazi (8—14 vv.), SanktPeterburg, 1997; Tyurkskaya runika, SanktPeterburg, 2001.



  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil