Aleksandr Samutali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aleksandr Sergeyevich Samutali (1928.22.9, Qirgʻiston, Prjevalsk shahri 2005.31.1,Toshkent) - agronom-iqtisodchi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1988), iqtisod fanlari doktori (1972), professor (1977), Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi Fanlar akademiyasi akademik (1991). Toshkent qishloq xoʻjaligi institutini tugatgan (1952). Soyuz NIXIda katta ilmiy xodim, boʻlim mudiri (1956—60), Oʻrta Osiyo iqti-sodiyot va qishloq xoʻjaligi ilmiy tadqiqot instituti boʻlim mudiri (1960—64), direktor oʻrinbosari (1965—76), VASXNIL Oʻrta Osiyo boʻlimi raisi oʻrinbosari (1976—91). Oʻzbekistan Qishloq xoʻjaligi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti (1991—92), Respublika qishloq xoʻjaligi ilmiy-i. ch. markazi bosh ilmiy kotibi (1993—98) 1998-yildan shu Markazga qarashli Oʻzbekiston bozor islohotlari ilmiy tadqiqot institutida yetakchi ilmiy xodim. Ilmiy ishlari paxtachilikda agrotexnika tadbirlari samaradorligini iqtisodiy asoslash, mehnat unumdorligi, kapital mablagʻlar samaradorligini oshirish, q.h. mahsulotlariga narx belgilash, agrosanoat integratsiyasi, Oʻzbekistan agrarsanoat majmuida ilmiytexnika taraqqiyoti istiqbollariga bagʻishlangan.