Kontent qismiga oʻtish

Aleksandr Popov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Aleksandr Popov
Tavalludi 4 (16) mart 1859
Vafoti 31 dekabr 1905 (13-yanvar 1906)
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va Rossiya[1]

Aleksandr Stepanovich Popov (1859.4.3, Sverdlov viloyati — 1905.31.12, Peterburg) — rus fizigi va elektrotexnigi, radio ixtirochisi. Elektrmagnit toʻlqinlarni amaliy maqsadlarda qoʻllash asoschilaridan biri. P. elektrmagnit toʻlqinlar kukuni detektori (Branlilodja ko-gereri)ni takomillashtirdi (1895) va uning asosida elektr signallarini simsiz uzatadigan qabul qilgich (priyomnik)ni (yaʼni radioaloqani) yaratdi. Nihoyat 1895-yil 25-aprel kuni oʻzi yaratgan radiopriyomnikni namoyish qildi. U radiotoʻlqinlarni 1897-yil ba-horida 600 m masofaga, 1897-yil yozida 5 km masofaga, 1901-yil 150 km masofaga uzatishga erishdi. P. gaz razryadlarini qayd qiladigan asbob („yashin qayd qilgich“) ni ham yaratdi (1895). Parijda 1900-yil utkazilgan xalqaro koʻrgazmada P. oltin medal bilan takdirlandi.[2]

  1. ↑ // (unspecified title)
  2. ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil