Aleksandr Middendorf

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aleksandr Fedorovich Middendorf (1815.6.8, Peterburg - 1894.16.1, Xellenurme, Estoniya) — rus tabiat-shunosi va sayyoh. Peterburg FA akad. (1850). Derpt (Tartu) universitetini tugatgan (1837). 1842-45 yillarda Shim. va Sharqiy Sibir hamda Uzoq Sharqqa sayohat qilgan. Middendorfning toʻplagan maʼlumotlari oʻsha davrda Sibirning tabiiytarixiy tavsifiga oid eng mukammal hisobot boʻlgan; ayniqsa, Sibirda abadiy muzloq yerlarning tarqalishi va oʻsimlik qoplamining zonal taqsimlanishi haqidagi xulosalari muhim hisoblangan. 1870 yilda Baraba dashtini tadqiq qilgan, 1877—78 yillarda Fargʻona vodiysini oʻrgangan. Middendorf nomiga Novaya Zemlya arxipelagidagi burun, Taymir ya.o.dagi qoʻltiq qoʻyilgan. Asosiy ilmiy ishlari: "Sibirning shimoli va sharqiga sayohat" va "Fargʻona vodiysi ocherklari" dir.

Adabiyot[tahrir]

  • Leonov N. I., Aleksandr Fedorovich Middendorf, M., 1967.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil