Aleksandr Lavrik
Aleksandr Fedorovich Lavrik | |
---|---|
Tavalludi |
1927-yil 5-noyabr Georgiyevkar, Tyajinsk tumani Аchinsk оkrugi, Sibir oʻlkasi, RSFSR, SSSR. |
Vafoti |
28-may 2010-yil (82 yosh) Тoshkent, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
Sohasi | raqamlar nazariyasi |
Ish joylari | Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti |
Taʼlimi | Fargʻona davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | Fizika-matematika fanlari doktori (1967-yil) |
Ilmiy unvoni | Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi muxbir a’zosi (1989-yil) |
Akademik rahbarlari | Romanov Nikolay Pavlovich |
Mukofotlari | A.A.Markov mukofoti laureati (1974-yil) |
Aleksandr Fedorovich Lavrik (1927-yil 5-noyabr — 2010-yil 28-may) — matematik-olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, A.A.Markov mukofoti laureati.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aleksandr Lavrik 1927-yil 5-noyabrda Georgievka qishlogʻida (zamonaviy Kemerovo viloyati hududida) dunyoga kelgan.
Ulugʻ Vatan urushida qatnashgan.[1]
1952-yilda Fargʻona pedagogika institutini „matematika fani oʻqituvchisi“ ixtisosligi boʻyicha tamomlab, Toshkentdagi maktabda oʻz mutaxassisligi boʻyicha faoliyatini boshlagan.
1957-1967-yillar oraligʻida Lavrik – Toshkent Oliy qoʻshma qurollar qoʻmondonlik bilim yurtida ishlagan.
- Matematik-olim 1958-yilda «Некоторые аддитивные задачи теории чисел» mavzusida nomzodlik ishini;
- 1967-yilda esa «Функциональные и приближенные функциональные уравнения функций Дирихле» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
- 1967-yilning avgust oyidan boshlab Toshkent temir yoʻl muhandislari institutining „Oliy matematika“ kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
- Aleksandr Lavrik 1989-yildan — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir a'zosi.
- 2000-yildan esa Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi unvonini olgan.
Akademik Lavrik 2010-yil 28-mayda Toshkent shahrida vafot etgan, olim shahar markazidagi Botkin qabristoniga dafn etilgan[2].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aleksandr Lavrik faoliyati davomida raqamlar nazariyasi, funksiyalar nazariyasi, matematik tahlilga oid asosiy ishlar bilan shugʻullangan.
Dirixle funksiyalarining taqribiy funksional tenglamalarini oʻrganish usulini ishlab chiqqan.
Asimptotik qonunining elementar isbotida oddiy raqamlarning taqsim bahosini yetkazib bergan.
U mingyilliklar muammosi hisoblangan Riman gipotezasi, sonlar nazariyasiga oid qiyin masalalarni yechish ustida izlanishlar olib borgan.
Olim yuzdan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Uning rahbarligida 6 ta doktorlik va 10 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan.
Ijtimoiy hayotdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Muammolar kengashi a’zosi, „Oʻzbek matematikasi“ jurnali tahririyati a’zosi hamda Ilmiy darajalar berish boʻyicha ixtisoslashtirilgan kengashi a’zosi hisoblangan.
Shuningdek, Lavrik Rossiyada muntazam ravishda oʻtkazilib kelingan „Raqamlar nazariyasining zamonaviy muammolari“ xalqaro konferensiyasi Dasturiy qoʻmitasining a’zosi hamdir.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- A.A. Markov mukofoti laureati (1974-yil) – «Приближенные функциональные уравнения для дзета-функций» nomli ishi uchun;
- „Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi“ unvoni (1977-yil);
- Faxriy temiryoʻlchi (1987)
- Siyosiy (maxsus) pensioner (1993);
- SSSR va Oʻzbekistonning 10 ta medali bilan taqdirlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Подвиг народа“. 2010-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-yanvar.
- ↑ „Лаврик Александр Федорович“. 2022-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-iyun.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Лаврик, Александр Фёдорович на официальном сайте РАН
- „АЛЕКСАНДР ФЕДОРОВИЧ ЛАВРИК – ОДИН ИЗ КРУПНЫХ МАТЕМАТИКОВ УЗБЕКИСТАНА“. sootechestvenniki.uz. Qaraldi: 2016-yil 27-mart.[sayt ishlamaydi] (недоступная ссылка)
- „Персоналии: Лаврик Александр Федорович“. mathnet.ru. Qaraldi: 2016-yil 27-mart.
- „ЛАВРИК АЛЕКСАНДР ФЁДОРОВИЧ (Академик) :: Мемориал памяти :: Мемориальное агентство по уходу за памятниками и местами захоронения в Узбекистане“. tashkentpamyat.ru. Qaraldi: 2016-yil 27-mart.