Aleksandr Domashev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksandr Ivanovich Domashev
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi SSSR, Rossiya Rossiya
Tavallud sanasi 4-noyabr 1958-yil (1958-11-04) (65 yosh)
Andijon Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 182 sm
Vazni 80 kg
Sport
Qaysi sport Chim ustida xokkey
Faol tomoni 1978—1995

Aleksandr Ivanovich Domashev (1958-yil 4-noyabr Andijon Oʻzbekiston SSRda tavallud topgan) — sovet chim ustida xokkeychisi, Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. Xalqaro toifadagi sport ustasi hisoblanadi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aleksandr 1954-yil 4-noyabrda Oʻzbekiston SSRning Andijon viloyatida tavallud topgan. Sportning chim ustida hokkey turi bilan shugʻillangan. Professional faoliyatini Moskva jamoalarida boshlagan. Domashev faoliyatini Moskvaning „Spartak“ va „Fili“ klublari sharafini himoya qilgan[1].

Aleksandr shuningdek SSSR Va MDH terma jamoalar safida bir qator musoboqalarida ishtirok etgan. 1988-yil Janubiy Koreyaning Seul shahrida oʻtkazilgan Olimpiada musoboqalarida Aleksandr SSSR terma jamoasi tarkibida musoboqada ishtirok etdi. Turnirda GFR va Buyuk Britaniyadan magʻlubiyatga uchragan SSR terma jamoasi, Kanada terma jamoasi bilan durang batija qayd etdi va Hindiston va Janubiy Koreya terma jamoalarini magʻlub etib 7-oʻrin uchun oʻyinda qatnashish imkoniyaini qoʻlga kiritdi. Argentina bilan oʻyinda gʻalaba qozongan jamoa yakunda 7-oʻrinni egalladi. 1992-yilgi Ispaniyaning Barselona shahrida oʻtkazilgan Olimpiada musoboqalarida esa Domashev Sobiq Sovet davlatini oʻrniga tashkil etilgan terma jamoa Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi terma jamoasi oʻyinchisi sifatida ishtirok etdi va yakunda 10-oʻrinni egalladi[2].

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faoliyatini yakunlaganidan soʻng, u „Moskva Builder“ jamoasida[3] va „Izmailovo CSP“ jamoalarida[4] murabbiy va jamoa boshligʻi sifatida ishlagan. Hozirda Domashev Rossiya erkaklar terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib bormoqda[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Aleksandr Domashev Olympic Results“. 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-oktyabr.
  2. „Olympedia – Hockey, Men“.
  3. „Соревнования по хоккею на траве“ (ru). ХК «Динамо-Электросталь». 2014-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-iyun.
  4. „Тренерско-педагогический состав“ (ru). ЦСП «Измайлово». 2014-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-iyun.
  5. „Федерация хоккея на траве России“ (ru). Спортивная Россия. 2014-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-iyun.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]