Aleksandr Butkov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksandr Yakovlevich Butkov
ruscha: Александр Яковлевич Бутков
Tavalludi 11-mart 1925-yil
Margʻilon
Vafoti 2-iyul 1981-yil(1981-07-02)
(56 yoshda)
Toshkent
Istiqomat joylari Margʻilon, Toshkent
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi Botanika olimi
Sohasi Botanika
Ish joylari

Oʻrta Osiyo davlat universiteti

Oʻzbekiston SSR FA Botanika instituti
Taʼlimi Oʻrta Osiyo davlat universiteti
Ilmiy darajasi Biologiya fanlari nomzodi
Ilmiy unvoni Dotsent
Mukofotlari

Aleksandr Yakovlevich Butkov (1911-yil 25-mart, Gorchakova stansiyasi, Fargʻona viloyati, Rossiya imperiyasi1981-yil 2-iyul, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — sovet botanika olimi, sistematik va geobotanik, Oʻzbekiston oʻsimliklari va florasi boʻyicha mutaxassis[1]. Koʻp tomli „Oʻzbekiston florasi“ (ruscha: Флоры Узбекистана) monografiyasi mualliflaridan biri.

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aleksandr Butkov 1911-yil 25-mart kuni Gorchakova (hozirgi Margʻilon) stansiyasi temiryoʻl ishchisi oilasida tavallud topgan[2]. 1934-yilda Oʻrta Osiyo davlat universiteti fizik-matematika fakultetining biologiya boʻlimini tugatadi. Talabalik davridanoq Botanika bogʻida dori tayyorlovchi, soʻngra kichik ilmiy xodim, assistent boʻlib faoliyat koʻrsata boshlaydi. 1934-yili Butkov Xoʻja Gʻur-Gʻur ota gʻoriga qilingan ekspeditsiyada ishtirok etib, ushbu hududning birinchi botanik tavsifini tuzib chiqadi[2][3]. 1944-yildan boshlab Oʻrta Osiyo davlat universitetining Botanika bogʻiga rahbarlik qila boshlaydi. 1946-yilda zarpechak oʻsimlik turkumi boʻyicha dissertatsiyani yoqlab, biologiya fanlari nomzodi ilmiy unvonini oladi. 1949-yildan Oʻrta Osiyo davlat universitetida katta oʻqituvchi, soʻngra darvinizm kafedrasi dotsenti boʻlib ishlagan. 1952-yilda Oʻzbekiston SSR FA Botanika instituti Geobotanika laboratoriyasini boshqara boshlaydi[3]. Olim yong‘oqli-mevali o‘rmonlarning hosildorligini o‘g‘itlar yordamida oshirish g‘oyasini ilgari surib, ularni ekologik va fitotsenologik jihatdan o‘rganish bilan shug‘ullangan. Koʻp tomli „Oʻzbekiston florasi“ (ruscha: Флоры Узбекистана) monografiyasi yozilishida ishtirok etgan[3]. Adonis oʻsimligi boʻyicha monografik tadqiqot olib borgan[2][3]. Oʻzbekistonning manzarali oʻsimliklari haqida kitob yozgan. 1981-yil 2-iyul kuni Toshkent shahrida 56 yoshida vafot etgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Butkov, Aleksandr Yakovlevich“ (rus tilida). 2023-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-iyun.
  2. 2,0 2,1 2,2 Maylun, Z.A.; Hamidov, G. (1971). „Aleksandr Yakovlevich Butkov. K 60-letiyu so dnya rojdeniya“. Uzbekskiy biologicheskiy jurnal (rus tilida). № 4. 79—80-bet.{{cite magazine}}: CS1 maint: unrecognized language ()
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Sergey Yulevich Lipshis. Russkiye botaniki. Biografo-bibliograficheskiy slovar, masʼul muharrir akademik Vladimir Nikolayevich Sukachyov, 1-tom (rus tilida), Moskva: izdatelstvo Moskovskogo obshestva ispitateley prirodi, 1947 — 335 bet.