Kontent qismiga oʻtish

Adonis (oʻsimlik)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Adonis (Adonis) — ayiqtovondoshlar oilasiga mansub oʻtlar turkumi. 20 ga yaqin bir yillik va koʻp yillik turlari bor. Oʻrta Osiyo, Sibir va Yevropa togʻlarida oʻsadi. Toshkent, Samarqand, Kashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi yaylovlarda Adonisning 4 turi (Adonis parvifl ora, Adonis turkestanica, Adonis leiosepala, Adonis chrysocyathus) uchraydi. Ayrim turlari (ayniqsa, Adonis turkestanica va Adonis vemalis)dan yurak kasalliklarini davolashda ishlatiladigan adonizid olinadi. Bu turlarning poyasi tik (20-40 sm), tukli boʻlib, gullab boʻlgandan soʻng tuklari toʻkilib ketadi. Adonis barglari qirqma, patsimon, murakkab, poyasining yuqori qismida bandsiz, quyi qismida bandli. Gullari yirik, aktinomorf (toʻgʻri), har bir poyacha uchida bittadan gul boʻladi: gulkosachasi 5 ta koʻk kosachabargdan, gultoji 5-20 ta sariq gulbarglardan iborat. Changchi va urugʻchilari koʻp. Gul oʻrni konussimon. A. aprel- may oyida gullaydi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil