Aleksandr Bogomoles

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aleksandr Aleksandrovich Bogomoles (1881. 12(24).5 - 1946.19.7. Kiyev] - patofiziolog, akademik (1932) va Tibbiyot Fanlar akademiyasi akademik (1944). Ilmiy ishlari vegetativ nerv sistemasi patologiyasi va fiziologiyasi, qon quyish patologiyasi, allergiya, biriktiruvchi toʻqimaning immunitetdagi ahamiyati masalalariga bagʻishlangan. B. uzoqumr koʻrish nazariyasini ilgari surgan. U yaratgan antiretikulyar sitotoksik zardob (ATSZ) koʻpgina kasalliklarni davolashda qoʻllaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil