Aleksander Semyuel (1859.6.1, Sidney – 1938.13.9, Manchester) – ingliz faylasufi, neorealizm vakili, emerjent evolyutsiyasi nazariyasi asoschilaridan biri. Uning ta’limoti Spinoza, Yum va Spenserttt falsafiy qarashlariga o‘xshab ketadi. A. naturalistik metafizika doirasidagi monistik aktualizm vakili hisoblanadi. Idea-lizmda mutlaqlik tushunchasi qanday o‘rin egallasa makon-zamon munosabatlari tushunchasi uning uchun shunchalik muhimdir, lekin makon-zamon munosa-batlari asosida materiya yotadi, jami mavjudot materiyadan shakllanadi.