Aldan Maadir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

60 ta bahodir qoʻzgʻoloni (tuv. Aldan Maadir — 60 bahodir) — Manchjur-Xitoy kuchlariga qarshi Tuva milliy ozodlik harakati tarixidagi eng katta qoʻzgʻolonlardan biri.

Qoʻzgʻalonning borishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻzgʻolon 1883-1884-yillarda Xemchik daryosi vodiysida yuz bergan boʻlib, mustamlaka va feodal zulmiga qarshi qaratilgan edi. Qoʻzgʻolon rahbarlari aratlardan Sambajik, Kojagar-Kombulday va kichik amaldor Dajima edi. Bevosita ishtirokchilarning umumiy soni 300 kishini tashkil qilgan.

Qoʻzgʻolonchilar Tuvaning eng koʻp sonli ikki xoshunini Tuva amaldorlari va manchjur-xitoy istilochilari hukmronligidan ozod qilib, u yerda oʻz hokimiyatini oʻrnatish niyatida edi. Ular feodal va savdogarlarga bosqinlar uyushtirib, ularning chorva mollarini oʻgʻirlab, kambagʻallarga boʻlib berdi. 1884-yil kuzida butuntuva rahbari — ambin-noʻyon — qoʻzgʻolon boʻlmagan barcha xoshunlarda aholini safarbar qildi. Qoʻzgʻolonni bostirish uchun Sin imperiyasi tomonidan tuzilgan 300 kishidan iborat jazo otryadi amaldor Tarluk boshchiligida Sut-Xolga qarab yurdi.

1884-yil noyabr oyida qoʻzgʻolon bostirildi. Barcha asirlarni Chirgʻoq qishlogʻiga olib borib, qiynoqqa soldilar. 1885-yil martda Ulyasutayda qoʻzgʻalonning faol 43 ishtirokchisi qatl qilindi. Ulyasutay szyan-szyun buyrugʻi bilan qatl etilganlarning boshlari Tuvaga olib kelindi va ibrati olam uchun asosiy yoʻllar va dovonlar yonidagi ustunlarga oʻrnatib chiqildi.

Abadiylashtirish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuva tarixshunosligida 60 ta bahodir obrazi poetiklashtirilib, milliy birdamlik timsoliga aylantirildi. Tuvadagi qishloqlardan biriga qoʻzgʻolonchilar nomi berildi. Qoʻzgʻalon xotirasiga bir qancha haykaltaroshlik namunalari bagʻishlangan. Tuva Respublikasi Milliy muzeyiga „Aldan Maadir“ nomi berilgan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]