Aldamoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aldamoq (feʼl) – Alisher NavoiyMuhokamat ul-lugʻatayn” asarida alohida taʼkidlagan yuzta feʼlning oʻn toʻrtinchisi. Yolgʻon gapirmoq maʼnosidagi bu feʼl qadimgi turkiy tildagi hiyla-nayrang, yolgʻon kabi maʼnolarni anglatgan. “a:l” otidan “-la” qoʻshimchasining “-da” shakli orqali yasalgan; keyinroq “a:” unlisining choʻziqlik belgisi yoʻqolgan. Aldamoq feʼli Navoiy asarlarida hiyla, makr, yolgʻon soʻzlamoq, laqillatmoq maʼnolarida keng qoʻllanilgan:

Topakoʻr oni, chu topsang, har qayon ozim esa,

Boshigʻa evrul quyundek, dagʻi aldab qaytaru.

(“Favoyid ul-kibar”, 509-gʻazal)[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Favoyid ul-kibar". 
  2. "Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat".