Alberta bayrogʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alberta bayrogʻi ― Kanadaning Alberta viloyati ramzlaridan biri. Bayroq viloyatning qonun chiqaruvchi organi tomonidan 1968-yil 1-mayda tasdiqlangan va oʻsha yilning 1-iyunidan kuchga kirgan[1].

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bayroqning asosiy qismi koʻk rangda, markazda Alberta gerbining asosi boʻlmish qalqon joylashgan[2]. Qalqon bayroq balandligining 7/11 qismini egallaydi[3].

Qalqonning yuqori qismida Avliyo Georgiy xochi tasviri (oq fonda qizil rang) joylashgan. Pastki qismidagi koʻk fonda, Kanada qoyalari, yashil tepaliklar, yaylovlar va bugʻdoy dalalarining timsoli hisoblanmish qor bilan qoplangan uchta choʻqqi tasviri mavjud boʻlib, ular birgalikda Albertaning oʻziga xos landshaftini ifodalaydi[4].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viloyat 1905-yilda tashkil topgan va dastlabda oʻz ramzlariga ega boʻlmagan. Bu qalqon koʻrinishidagi loyiha Buyuk Britaniya va Kanadada geraldika mutaxassislari tomonidan tanqid qilingani bilan bilan bogʻliq edi. Tanqidlarning asosiy qismi geraldik timsol boʻlmagan landshaft tasviriga qaratilgan[5]. Qalqon timsoli esa 1907-yil 30-mayda berilgan edi.

1960-yillarga qadar Alberta bayrogʻida qalqon koʻzga tashlanmagan, ustiga ustak bunday bayroqning oʻzi ham boʻlmagan. 1964-yil yanvar oyida viloyat kotibi Ambrose Xolovach hukumatda ushbu mavzu yuzasidan muhokama boʻlmaganini taʼkidlagan. Biroq, 1965-yil boshida Kanada tomonidan zarang barglari aks etgan bayroqning qabul qilinishi bilan uning koʻplab provinsiyalarida bayroqlar paydo boʻla boshladi. Alberta bosh vaziri ushbu g‘oya tarafdori edi va viloyat hukumatiga qizil fonli bayroqni qo‘llab-quvvatlashni taklif qildi. Ammo, ushbu taklif ancha vaqtga qadar salbiy reaksiyaga sabab boʻldi.

1967-yil boshida Kanada konfederatsiya tashkil topganining 100-yilligini nishonlashga tayyorlanar ekan, viloyat vazirlar mahkamasi bayram tantanalarida bayroqdan (koʻk fonda) foydalanishni tasdiqladi va bu viloyat bayrogʻi emasligini alohida taʼkidladi. Ammo, bayroq tasviri Alberta aholisi orasida qoʻllab-quvvatlandi va keyingi yili viloyat bayrogʻi sifatida rasman tan olindi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ceremonial and Canadian Symbols Promotion > Alberta (AB)“ (en). Canadian Heritage. 2012-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-dekabr.
  2. „Флаг Альберты“. Вексиллология. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-dekabr.
  3. „Provincial Motto, Colour and Logo“ (en) (deadlink). Правительство Альберты. 2010-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-dekabr.
  4. „Armorial Bearings“ (en) (deadlink). Правительство Альберты. 2012-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-dekabr.
  5. Alistair B. Fraser. „The Flags of Canada: The Provinces. Chapter XI: ALBERTA“ (en). fraser.cc. 2012-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-dekabr.