Albert koʻli
Albert ko‘li - Sharqiy Afri-kadagi ko‘l, Nil daryosi havzasida, den-giz sathidan 619 m balandlikdagi tek-tonik soylikda. Uz. 160 km, eni 40 km gacha. Maydoni 5,6 ming km², chuq. 58 m gacha. Qirg‘oqlari tik. Semliki va Viktoriya-nil daryolari. quyilib, Albertnil da-ryosi oqib chiqadi. Baliq ovlanadi, kema qatnaydi. Asosiy portlari: Butiaba, Ka-seni.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() |
Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |