Albenis Isaak Manuel Fransisko
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
ALBENIS (Albeniz) Isaak Manu-el Fransisko (1860.29.5, Kamprodon, Katoloniya – 1909.18.5, Kambo-le-Ben, Fransiya) – ispan kompozitori va pi-aninochisi. Yangi ispan musiqasining asoschisi. Barselona, Bryussel, Buda-pesht, Madridda ta’lim olgan. A.ning ispan musiqa folkloriga murojaati ijodida tub burilish yasadi. Fortepi-ano uchun yaratgan asarlari kompozitorning nodir merosidir. Bu asarlarda xalq ashula-raqs an’analari va mumtoz musiqa uygʻunlashtirilgan: fortepiano uchun "Ispan syuitasi" (1886), "Ispaniya" (1890), "Iberiya" (1905–09) va boshqa "Kataloniya" (1899) simfonik syuitasi, sarsuelalar ("Muqaddas Antoniy", 1894 va boshqalar), operalar ("Genri Klifford", 1895 va boshqalar), romanslar va boshqa yaratgan.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |