Alban qoʻzgʻoloni
Qiyofa
Alban qoʻzgʻoloni (1912) – alban xalqining Turkiya hukmronligidan xalos boʻlish maqsadida koʻtargan umumxalq qoʻzgʻoloni unda xristianlar bilan birga musulmon aholi ham ishtirok etdi. Shimoliy Albaniyaning togʻli tumanlarida yashovchi dehqonlarning mart oy-idagi chiqishlari bilan boshlangan. Avgust oʻrtalariga kelib qoʻzgʻolonchilar Dibru, Elbasan, Permeti va boshqa shaharlarni egallashgan. Biroq qoʻzgʻolonga may oyidan boshlab rahbarlikni qoʻlga olgan zamindorlar (Hasan Prishtina va boshqalar) albanlarning milliy manfaatlariga xilof ravishda Turkiya hukumati bilan bitim imzolaganlar. Unga koʻra, Turkiya Albaniyaga cheklangan muxtoriyat berishni vaʼda qilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |