Alban qoʻzgʻoloni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Alban qoʻzgʻoloni (1912) – alban xalqining Turkiya hukmronligidan xalos bo‘lish maqsadida ko‘targan umumxalq qo‘zg‘oloni; unda xristianlar bilan birga musulmon aholi ham ishtirok etdi. Shimoliy Albaniyaning tog‘li tumanlarida yashovchi dehqonlarning mart oy-idagi chiqishlari bilan boshlangan. Avgust o‘rtalariga kelib qo‘zg‘olonchilar Dibru, Elbasan, Permeti va boshqa shaharlarni egallashgan. Biroq qo‘zg‘olonga may oy-idan boshlab rahbarlikni qo‘lga olgan zamindorlar (Hasan Prishtina va boshqalar) albanlarning milliy manfaatlariga xilof ravishda Turkiya hukumati bilan bitim imzolaganlar. Unga ko‘ra, Turkiya Albaniyaga cheklangan muxtoriyat berishni va’da qilgan.