Alazonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Alazonlar – Shimoliy Qora dengiz bo‘yidagi skif qabilalaridan biri (mil. av. 7–2-asrlar). Ular haqidagi ma’-lumotlar Gerodot, Strabon, Pavsaniy va Stefan Vizantiyskiy asarlarida uchraydi. A. Ol’viyadan shimolida, Janubiy Bug da-ryosi havzasida yashaganlar. Dehqonchilik bilan mashg‘ul bo‘lganlar. A. yashagan hududda hali fan tomonidan yaxshi o‘rganilmagan bir qancha skif shahar va qishloq harobalari saqlangan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil