Alazeya
Qiyofa
| Alazeya | |
|---|---|
| [[Tasvir:|250px|]] | |
| Tavsif | |
| Uzunligi | 1 590 |
| Maydoni | 64 700 km² |
| Suv sarfi | m³/s |
| Joylashuvi | |
| Davlat | Rossiya |
| Alazeya | |
Alazeya — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Saxa (Yakutiya) Respublikasining shimoli-sharqidagi daryo. Uzunligi 1590 km, havzasining maydoni 64700 km². A. Alazeya yassi toglarida Nelkan va Kadilchan soylarining qoʻshilishidan hosil boʻlib, Sharqiy Sibir dengiziga quyiladi. Alazeya oʻzani juda egri-bugri. Daryo quyilish yerida bir qancha tarmoqlarga boʻlingan. Alazeya havzasida 24 mingdan ortiq koʻl bor. Qor va yomgʻirdan suv oladi. Quyilish yerida oʻrtacha suv sarfi 320 m³/sek. Sentabr oxiri — oktabr boshlarida muzlab, may oxiri — iyun boshlarida muzdan boʻshaydi. Eng yirik irmogʻi — Rossoxa.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |