Alazani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Alazani, Alazan – Gruziya va Ozarbayjondagi daryo (kisman ikkala respublika chegarasidan oqadi). Uz. 351 km, havzasining maydoni 10800 km². Katta Kavkazning janubiy yon bag‘ridan boshlanib, tog‘dan chiqqach keng Kaxetiya vodiysidan oqib Mingechaur suv omboriga quyiladi. Qor, yomg‘irdan to‘yinadi. O‘rtacha suv sar-fi 98 m³/sek. Suvi sug‘orishda foydalaniladi. Vodiy yon bag‘irlarida tokzorlar bor.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil