Alassane Pléa
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Alassane Alexandre Pléa[1] | ||
Tavallud sanasi | 10-mart 1993-yil | ||
Tavallud joyi | Lille, Fransiya | ||
Boʻyi | 1.81 m[2] | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Borussia Mönchengladbach | ||
Raqami | 14 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2002—2008 | Ascq | ||
2008—2010 | Wasquehal | ||
2009—2012 | Lyon | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2010—2014 | Lyon B | 67 | (23) |
2012—2014 | Lyon | 7 | (0) |
2014 | → Auxerre (ijara) | 15 | (3) |
2014—2018 | Nice | 112 | (36) |
2018— | Borussia Mönchengladbach | 134 | (40) |
Milliy terma jamoa | |||
2010 | Fransiya U18 | 4 | (1) |
2011—2012 | Fransiya U19 | 15 | (2) |
2012—2013 | Fransiya U20 | 6 | (3) |
2014 | Fransiya U21 | 1 | (0) |
2018 | Fransiya | 1 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (8-noyabr uchun) |
Alassane Pléa (talaffuzi: Alassane Plea; 1993-yil 10-martda Fransiyaning Lill shahrida tugʻilgan) — fransuz futbolchisi, Menxengladbaxning „Borussia Mönchengladbach“ futbol klubi qanot himoyachisi.
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pléa „Olympique Lyonnais“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2012-yil 7-oktabrda „Lorient“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Liga 1da debyut qilgan[3]. 2014-yil boshida Alassan oʻyin amaliyotiga ega boʻlishi uchun „Oser“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. 15-fevral kuni „Brest“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Liga 2da debyut qilgan[4]. 21-mart kuni „Union Sportive Créteil-Lusitanos“ futbol klubiga qarshi bahsda Pléa „Oser“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan[5]. Ijaradan qaytganidan soʻng, u hech qachon „Lyon“ futbol klubining asosiy tarkibidan joy olmagan.
2014-yilning yozida Alassan „Nice“ futbol klubiga koʻchib oʻtdi. Transfer summasi 500 ming yevroni tashkil qilgan. 29-avgust kuni Marselning „Olympique de Marseille“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoa tarkibida debyut qilgan[6]. 26-oktabr kuni Avant Guingamp futbol klubiga qarshi bahsda Pléa „Nice“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan[7]. 2016-yilning 20-oktabr kuni Avstriyaning „Red Bull Salzburg“ futbol klubiga qarshi Yevropa ligasi o‘yinida u g‘alaba to‘pini kiritgan[8].
2017-yilda Yevropa ligasi doirasida Gollandiyaning „Vitesse“ futbol klubi va Belgiyaning „Zulte Waregem“ jamoalariga qarshi o‘yinlarda Pléa „dubl“ amalga oshirgan[9][10].
2018-yilning yozida Alassan Myonxengladbaxning „Borussia Mönchengladbach“ futbol klubiga oʻtib, 5 yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 23 million yevroni tashkil qilgan[11]. 25-avgust kuni „Bayer 04“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Bundesligada debyut qilgan[12]. 1-sentabr kuni „Augsburg“ futbol klubiga qarshi bahsda Pléa „Borussia Mönchengladbach“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan[13].
2020-yilning 3-noyabr kuni Alassan Chempionlar ligasida „Shaxtyor“ futbol klubiga qarshi safar oʻyinida „Borussiya“ futbol klubi foydasiga yakunlangan o‘yinda xet-trik qayd etgan[14]. Bu Myonxengladbaxning „Borussia“ futbol klubi tarixidagi Chempionlar ligasidagi ilk xet-trik boʻlgan. 2020-yilning 1-dekabr kuni Chempionlar ligasida „Inter“ futbol klubiga qarshi o‘yinda dubl qayd etgan, ammo „Borussia“ futbol klubi yakuniy natijaga koʻra 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan.
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fransiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Pléa Estoniyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Ispaniya, Angliya, Xorvatiya va Serbiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[15][16][17][18].
Statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Xalqaro kubok | Jami | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Uzatma | Oʻyin | Gol | Uzatma | Oʻyin | Gol | Uzatma | Oʻyin | Gol | Uzatma | ||
Olympique de Lyon Fransiya | 2012—2013 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 0 | 3 | 0 | 0 |
2013—2014 | 6 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 3 | 1 | 0 | 10 | 1 | 0 | |
Jami | 7 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 5 | 1 | 0 | 13 | 1 | 0 | |
A. J. Auxerre Fransiya | 2013—2014 | 15 | 3 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 15 | 3 | 1 |
Jami | 15 | 3 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 15 | 3 | 1 | |
Olympique de Lyon Fransiya | 2014—2015 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
Jami | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | |
O. G. C. Niza Fransiya | 2014—2015 | 33 | 3 | 7 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 35 | 3 | 7 |
2015—2016 | 19 | 6 | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 19 | 6 | 4 | |
2016—2017 | 25 | 11 | 2 | 2 | 2 | 0 | 5 | 1 | 0 | 32 | 14 | 2 | |
2017—2018 | 35 | 16 | 4 | 3 | 1 | 0 | 11 | 4 | 0 | 49 | 21 | 4 | |
Jami | 112 | 36 | 17 | 7 | 3 | 0 | 16 | 5 | 0 | 135 | 44 | 17 | |
Borussia Mönchengladbach Olmoniya | 2018—2019 | 34 | 12 | 4 | 1 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 35 | 15 | 4 |
2019—2020 | 27 | 10 | 10 | 1 | 0 | 0 | 5 | 0 | 0 | 32 | 10 | 10 | |
2020—2021 | 29 | 6 | 1 | 2 | 1 | 0 | 8 | 5 | 0 | 39 | 13 | 2 | |
2021—2022 | 33 | 9 | 5 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 36 | 9 | 5 | |
Borussia Mönchengladbach Olmoniya | 2022—2023 | 2 | 7 | 2 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 13 | 2 | 10 | 11 |
Jami | 39 | 27 | 9 | 4 | 3 | 13 | 5 | 0 | 150 | 49 | 30 | 134 | |
Umumiy faoliyatida | 268 | 79 | 45 | 17 | 7 | 3 | 34 | 11 | 0 | 313 | 98 | 48 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Entreprise Ap14 Sports à Nice (06200)“ [Company Ap14 Sports in Nice (06200)] (fr). Figaro Entreprises (2019-yil 5-iyul). Qaraldi: 2019-yil 13-oktyabr.
„Alassane Plea“ (fr). BFM Business. Qaraldi: 2019-yil 13-oktyabr. - ↑ „Alassane Pléa“. Borussia Mönchengladbach. Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.
- ↑ „Лорьян VS. Лион 1:1“ (en). soccerway.com (2012-yil 7-oktyabr). 2018-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-sentyabr.
- ↑ „Брест VS. Осер 1:0“ (en). soccerway.com (2014-yil 15-fevral). 2017-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-sentyabr.
- ↑ „Кретей VS. Осер 0:2“ (en). soccerway.com (2014-yil 21-mart). 2016-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-sentyabr.
- ↑ „Марсель VS. Ницца 4:0“ (en). soccerway.com (2014-yil 29-avgust). 2016-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-sentyabr.
- ↑ „Генгам VS. Ницца 2:7“ (en). soccerway.com (2014-yil 26-oktyabr). 2016-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-sentyabr.
- ↑ „Ред Булл Зальцбург VS. Ницца 0:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 20-oktyabr). 2017-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-oktyabr.
- ↑ „Ницца VS. Витесс 3:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 28-sentyabr). 2018-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-aprel.
- ↑ „Зюлте-Варегем VS. Ницца 1:5“ (en). soccerway.com (2017-yil 14-sentyabr). 2018-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-aprel.
- ↑ „Второй бомбардир «Ниццы» Плеа перешел в гладбахскую «Боруссию» за 23 млн евро“ (ru). sports.ru (2018-yil 13-iyul). 2018-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-iyul.
- ↑ „Боруссия Мёнхенгладбах VS. Байер 04 2:0“ (en). soccerway.com (2018-yil 25-avgust). 2018-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-oktyabr.
- ↑ „Аугсбург VS. Боруссия Мёнхенгладбах 1:1“ (en). soccerway.com (2018-yil 1-sentyabr). 2018-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-oktyabr.
- ↑ „«Шахтер» проиграл 0:6 «Боруссии» Менхенгладбах. Плеа сделал хет-трик“. Sports.ru. 2020-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-noyabr.
- ↑ „Испания (до 19) VS. Франция (до 19) 3:3“ (en). soccerway.com (2012-yil 12-iyul). 2016-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-sentyabr.
- ↑ „Франция (до 19) VS. Англия (до 19) 1:2“ (en). soccerway.com (2012-yil 9-iyul). 2016-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-sentyabr.
- ↑ „Франция (до 19) VS. Хорватия (до 19) 1:0“ (en). soccerway.com (2012-yil 6-iyul). 2016-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-sentyabr.
- ↑ „Сербия (до 19) VS. Франция (до 19) 0:3“ (en). soccerway.com (2012-yil 3-iyul). 2015-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-sentyabr.