Alarix I

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Alarix I (taxminan 370-410 yillar oxiri) – vestgotlar qiroli (395 yildan). Frakiyaga bostirib kirgan, Afinani egallagan, Korinf, Argos, Spartani vayron qilgan. Sharqiy Rim imperiyasi imperatori Arkadiy A. bilan sulh tuzib (396), unga Illirikdagi armiya magistri unvonini bergach, vestgotlar federatlar sifatida Illirikka kelib joylashgan. 401 yil A. Italiyaga bostirib kirgan, biroqvandallarpyan bo‘lgan rim sarkardasi Stilixon uni chekinishga majbur qilgan. 408 yil A. yana Italiyaga bostirib kirib, Rimni 3 marotaba qamal qilgan (qad. muarrixlar qamaldagi Rimdan A. armiyasiga ko‘plab qullar qochib o‘tganligi haqida xabar berishadi); 410 yil 24 avgustda A. Rimni olib, uch kun da-vomida talon-taroj qilgan. Rimning varvarlar tomonidan ilk marta olinishi (g‘allarning mil. av. 4-asrda Italiyaga qilgan istilosidan keyin) zamondoshlarda katta ta-assurot qoldirgan; bu g‘alaba varvarlar tomonidan G‘arbiy Rim imperiyasining uzil-kesil bosib olinishining boshlanishi edi. A. Janubiy Italiyada Sitsiliya va Afrikaga yurish qilishga tayyorgarlik ko‘rayotib vafot etgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil