Alanga fotometriyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alanga fotometriyasi – emission spektral analiz turlaridan biri. Asosan eritmalardagi koʻpgina metallar va nodir yer elementlari atomlari miqdorini ularning alanga spek-tral chiziqlari yoki yoʻllariga qarab aniqlashda qoʻllaniladi. Yoritgich gaz, vodorod, atsetilen yoki ditsian alangasi spektrlarning paydo boʻlish man-bai hisoblanadi. Vodorod-kislorod alangasi koʻproq tarqalgan boʻlib, unga yuqori temperatura (2900°K), kam nurlanish va chala yonganda alangada qattiq zarralar boʻlmasligi xos.Nurlanishni qabul qiluvchi sifa-tida fotoelement yoki fotoelektron koʻpaytirgichdan, qayd qiluvchi sifa-tida esa galvanometr yoki oʻzi yozar as-bobdan foydalaniladi. Qayd qilishda olingan yozuv nurlanish intensivligi toʻlqin uzunligiga bogʻliqligini bildiradi. Tekshirilayotgan element spek-tral chiziqlarining intensivligi shu element konsentratsiyasining me’yori hisoblanadi. Alanga fotometriyasi ishqoriy elementlar boʻyicha 0,01 mkg/ml, ishqoriy yer elementlari boʻyicha 0,1 mkg/ml sezgirlikka ega boʻlgan tezkor usul hisoblanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil