Alanchuq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alanchuq — Janubiy Ozarbayjon (Eronning shimoli-gʻarbi)dagi togʻ yon bagʻrida joylashgan mustahkam qal’a. A. uch pogʻona (yarus)dan iborat, har bir pogʻonaning qalin va baland devorlari boʻlgan. A. sosoniylar davrida Vizan-tiyaga qarshi istehkom sifatida bu-nyod etilgan. Keyinchalik uning yuqori pogʻonalari barpo qilingan. Tarixiy manbalarda A. haqida ilk bor Amir Te-murning „uch yillik yurishi“ (1386-88) 293munosabati bilan qayd qilingan. 1387-yil kuzida Sohibqiron Sulton Ahmad Ja-loyirni taʼqib etib, A.qa duch kelib, uni qamal qilgan. Qal’aning birinchi pogʻonasi olingach, Toʻxtamishning Movarounnahrga qilgan chopquni xa-bari olinishi munosabati bilan qamal toʻxtatilgan. Amir Temur A.ni ikkinchi marta „besh yillik yurish“ (1392- 96) paytida, 1394-yil mayida qamal qilgan. Qamal ishlarini Muhammad Darvesh Barlos boshchiligida qoʻshin olib borgan, qamal choʻzilib ketganligi bois bu vazifa Mironshoh mirzoga topshirilgan. Biroq 1395-yil Toʻxtamishga qarshi qilingan yurish tufayli A. qamali yana toʻxtatilgan. Amir Temur Oltin Oʻrdani tor-mor etib qaytgach, 1396-yil oʻrtasida A.ni musaxhar (tobe) qilgan. „Yetti yillik yurish“ (1399-1404) paytida A. Amir Temurning harbiy istehkomi vazi-fasini oʻtagan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil