Alam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alam (arab. — alomat, belgi, nisho-na) — 1) yalov, tugʻ (bayroq); 2) aziz-avliyolar mozorida, qadamjolarida oʻsgan da-raxtlarga osiladigan har xil (koʻpincha oq) lattalar. Oʻldirilgan kishilar qabrida tayoqqa osilgan latta ham A. dey-iladi. A. joy nomlari tarkibida koʻp uch-raydi (Alamlisoy, Xoʻjaalambardor va b); 3) Eronda har yili oʻtkaziladigan bay-ram. Dindorlar eʼtiqodiga koʻra, avliyo Imom Rizo besh oʻgʻli bilan haj qilish uchun Makkaga ketayotganda yoʻlda qaroqchilar ularni oʻldiradilar. Har yili xalq shu kunni xotirlash maqsadida A.- rasm tu-shirilgan bayroq koʻtarib koʻchaga chiqadi. Mis yoki birinj (bronza) dan quyilgan besh panjali (besh avliyoni ifodalovchi) A. shu marosim asosida paydo boʻlgan; 4) naqqoshlar madoxilsimon naqsh ijod qilib, uni A. deb nomlaganlar. Buxoroda birinchi boʻlib naqqosh Mirhamid mis laganlarga A.ni zarb qilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil