Kontent qismiga oʻtish

Alaliya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alaliya (yunoncha a — inkor qoʻshimchasi va lalia — nutq) — bosh miya katta yarim sharlari poʻstlogʻidagi nutq zonalarining chala rivojlanishi yoki zararlanishi sababli bolalarning tilga kirmasligi yoki to'g'ri soʻzlay olmasligi. Alaliyaga bola bosh miyasi ona qornidaligida yoki tugʻilish chogʻida jarohatlanishi, shuningdek goʻdaklik davrida ogʻir kasalliklar bilan ogʻrishi va boshqa sabab boʻladi. Bunda bola nutqi uzoq vaqt rivojlanmaydi: 5-7 yoshgacha, baʼzan 10-12 yoshgacha bolaning tili chiqmaydi.

Alaliya turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alaliyaning motor va sensor xillari bor. Sensor alaliya kamdan-kam, motor alaliya esa koʻp uchraydi. Motor alaliya bu markaziy xarakterdagi organik buzilish natijasi hisoblanib, nosog'lom nevrologik ko'rinish nutqning rivojlanishi jiddiy orqada qolishi. Motor alaliyaning nutqiy va nutquy bo'lmagan belgilari bor.Nutqiy belgisi leksik-grammatik, fonetik-fonematik buzilish bo'lib, bunday bolalar nutqni to'liq idrok eta olmaydi. Ularning lug'at boyligi kam bola kam va notoʻgʻri foydalanishadi. Ular o'ziga qaratilgan nutqni tushunadi. Ayrim to-vushlarni talaffuz qilgani bilan tovush birikmalarini oʻzlashtira olmaydi, butun soʻz oʻrniga uning bir qismini aytadi (mas, mushukni „mu“ deydi) va hokazo. Motor alaliyaning nutqiy bo'lmagan belgilariga, motor va psixik rivojlanishidagi kamchiliklar kiradi. ular jismoniy yetishmovchilik, bir oyoqda tura olmaslik, chapaqaylik, samotik zaiflik kuzatiladi[1] .Sensor alaliyaning asosiy belgisi bosh miyaning chap yarimshar yuqori qismining jarohatlanishidir.Bunday bola atrofdagilarning nutqini yomon tushunadi yoki mutlaqo tushunmaydi. Chunki ularda fonetik-fonematik idrok buzilgan bo'ladi. Ular o'zlariga berilgan nutqni qabul qilib, noto'g'ri javob beradi. Bunda bola nutqining nihoyatda buzilishi ulgʻaygan sari ruhiy taraqqiyotda ham oʻz tengdoshlaridan ortda qolishiga sabab boʻladi. Sensor alaliyani korreksiyalash mootor alaliyaga nisbatan qiyinroq hisoblanadi, sensor alalaiya hozirgi kunga qadar chuqur o'rganilmagan. Alolani korreksiyalashda logoped uchun eng asosiy ish bu lug'at boyligi ustida ishlashdir.Alaliyaga yoʻliqqan bolalar maxsus maktablarda alohida usul bilan oʻqitiladi. Natijada, garchi uzoq vaqt da-vomida boʻlsa ham, ularning koʻplari (motor alaliya) nutqi tuzalib, odatdagi maktablarning oʻquv dasturini oʻtadilar.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



  1. Ayupova, Mukaram. {{{title}}}. Toshkent: 0 ‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2007-yil — 106-117 bet. ISBN 9 7 8 - 9 9 4 3 - 3 1 9 - 4 1 - 7. 2-iyun 2024-yilda qaraldi.