Alak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alak — arqogʻi va tanda ipi yarim pishitilgan ipdan toʻqilgan mato, da-staki dastgoh (qoʻl doʻkon)da turli rangda yoʻl-yoʻl qilib tayyorlangan. A.dan toʻn, koʻrpa va koʻrpacha tiqilgan. A.ning gullari yoʻl-yoʻl boʻlganidan qalami, baʼzi ingichka yoʻllilari esa zevak deb nomlangan. A. oʻtmishda keng tarqalgan, ayniqsa, Fargʻona vodiysi, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida koʻplab toʻqilgan, chet mamlakatlarga ham chiqarilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil