Al-oraz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Al-oraz (arab. — chehra, koʻrinish) — oʻrta asr Yaqin va Oʻrta Sharq falsafasida aksidensiya maʼnosida qoʻllanilgan tushuncha. Javhar (substansiya) narsa va hodisalarning moddiyligini, asliy substansional hislatlarini ifodalash va shuning zaminida ularning abadiy-ligi, yoʻqolmasligining asosi sifatida talqin etilgan boʻlsa, Al-o. narsalarning oʻzgaruvchan moddiy hislatlari — rangi, boʻyi, eni, shakli kabilarni ifodalagan. Mas, kursining yogʻochi, taxtasi javhar boʻlsa, koʻrinishi, boʻyogʻi kabilar orazi hisoblangan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil