Kontent qismiga oʻtish

Al-Ogʻa masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Al-Ogʻa masjidi
Mamlakat Andoza:Country data Kosova
Shahar Dragash
Asosiy sana:
1289 (734 yil avval) (1289)

Al-Ogʻa masjidi (albancha: Xhamia e Mlikës; serbcha: Мличка џамија), Haxi Husayn masjidi (albancha: Xhamia e Haxhi Huseinit) va Ahmet Ogʻa masjidi (albancha: Xhamia e Ahmet Agës) nomi bilan ham tanilgan. Kosovodagi va butun Bolqon mintaqasidagi eng qadimgi masjiddir. U Dragash yaqinida joylashgan boʻlib, 1289-yilda qurilgan[1][2].

1995-yilda Dragash shahridagi Islom jamoati kengashiga koʻra, ular Suriya Arab Respublikasining Halab shahri muftiyligi tomonidan rasmiy hujjatni olishgan, unda Al-Ogʻa ismli oila Halabdan sobiq Yugoslaviyaning Mlika deb nomlanuvchi hududidan, koʻchib kelgani aniq koʻrsatilgan. Bu oila, mazkur hujjatga koʻra, 1095-yilda koʻchib kela boshlagan va bu koʻchish 1291-yilgacha davom etgan[3]. Masjid 1822-yilda Ahmad ogʻa tomonidan qayta tiklangan[4].

Ushbu masjid Kosovoning janubiy qismida joylashgan boʻlib, oʻz tarixi davomida jamiyat va yaxshi niyatli odamlarning koʻngilli xayriyalari tufayli bir necha bor rekonstruksiya qilingan. Hali ham faol va juda yaxshi jamoat masjidi boʻlib, ayniqsa, juma namozi vaqtida koʻplab namozxonlar tashrif buyuradi.

  1. „XHAMIA MË E VJETËR NË KOSOVË DHE BALLKAN“.
  2. „A e dini se sa xhami ka në Kosovë dhe cila është më e vjetra?“.
  3. Sharr, KBI (March 2007). "Këshilli me xhaminë më të vjetër në rajon". DITURIA ISLAME, Revistë Mujore, Fetare, Kulturore e Shkencore. Nr. 200 (xhamitë nëpër këshillat e Kosovës): 50.. 
  4. „725-year old Kosovo mosque shows Islam's history in Balkans“. 2024-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-may.