Al-Muhdor masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Al-Muhdor masjidi
مَسْجِد ٱلْمُحْضَار
مَسْجِد ٱلْمِحْضَار
Al-Muhdhar masjidining ramziy minorasi
Joylashuvi 16°3′16.28″N 48°59′54.16″E / 16.0545222°N 48.9983778°E / 16.0545222; 48.9983778 G OKoordinatalari: 16°3′16.28″N 48°59′54.16″E / 16.0545222°N 48.9983778°E / 16.0545222; 48.9983778 G O
Manzil Hazramavt, Janubiy Arabiston
Meʼmoriy uslub Islom
Meʼmor Avad Salmon Afif at-Tarimiy (minora)[1]
Binokorlik ???—1914
Minoralar soni 1
Minoralar balandligi 53 metr (174 ft)[1][2][3]

Al-Muhdar masjidi (arabcha: مَسْجِد ٱلْمُحْضَار) yoki Al-Mihdar masjidi (arabcha: مَسْجِد ٱلْمِحْضَار) – Yamanning Hazramavt viloyati qadimiy Tarim shahridagi tarixiy masjidlardan biri. Umar Al-Mihdor ibn Abdul-Rahmon as-Saqqaf (arabcha: عُمَر ٱلْمِحْضَار بِن عَبْد ٱلرَّحْمَٰن ٱلسَّقَّاف) sharafiga nomlangan [2][3].

Arxitekturasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bino islom geometrik dizayni bilan ajralib turadi. Toʻrtta yoʻlak bilan oʻralgan ochiq hovlidan iborat boʻlib, eng kattasi qiblani oʻz ichiga oladi. Bu minora meʼmor Avad Salmon Afif at-Tarimiy (arabcha: عَوَض سَلْمَان عَفِيْف ٱلتَّرِيْمِي) tomonidan loyihalashtirilgan. Masjid Tarim shahriga tashrif buyuruvchilar va tadqiqotchilar uchun eng muhim meʼmoriy obidalardan biri hisoblanadi[1][4].

Al-Ahqof kutubxonasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Ahqof kutubxonasi masjidning birinchi qavatida joylashgan. Tarim shahri va qoʻshni shaharlardagi koʻp sonli qoʻlyozmalarni saqlash zaruriyatini hisobga olgan holda qurilgan. Tarim 10-asrdan beri Hazramavt Vodi hududidagi nufuzli islom ilmiy markazi hisoblangan[5][6].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „مسجد المحضار..منارة تناطح السحاب من "الطين" بتصميم أحد الشعراء“ (ar). Poetry News Agency. 2014-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. 2,0 2,1 „Tarim ... the town of mosques and schools“. Yemen Times (2005-yil noyabr). 2009-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  3. 3,0 3,1 „مسجد المحضار“. 2013-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-iyul.
  4. Clezy, Ken. Now in Remission: A Surgical Life, July 2012. ISBN 978-1-7430-5114-6. 
  5. Ba Udhan, H.. „Tarim at a Glance“. Yemen Times (2005-yil iyun). 2009-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  6. Breton, J. (June 1986), Manhattan in the Hadhramaut, Saudi Aramco World, 22–27-bet, 2011-07-08da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2024-03-16

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]