Abulhasan Shofi’iy Movardiy
Abulhasan Shofi’iy Movardiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 964-yil |
Vafoti | 1058-yil |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muhaddis, faqih |
Abulhasan Shofi’iy Movardiy(arabcha:مسعد بن اصفاء قباوي — Abulhasan Shofi’iy Movardiy — Toʻliq ismi:Abulhasan Ali ibn Muhammad ibn Habib Basriy Shofi’iy Movardiy) — muhaddis va faqih.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abulhasan Shofi’iy Movardiy 964-yili Basrada tavallud topgan. Allomaning ajdodlari sulolaviy fiqhshunoslar bo‘lib, u ilk taʼlimni otasidan olgan. Ilmiy mavqeining yuksalishida basralik ustozi Abulqosim Saymariy Hanafiy xizmati katta bo‘lgan. Keyinchalik unga „Baytu-l-hikma“ning mashhur mutafakkirlari ustozlik qilgan. Buyuk faqih, muhaddis va davlat arbobi bo‘lgan Abulhasan Ali ibn Muhammad Movardiy islom dini, davlat boshqaruvi va tilshunoslikka oid o‘nlab asarlar muallifidir.[1]
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abulhasan Shofi’iy Movardiyning „Tafsiru-l-Qur’on“ („Qur’on tafsiri“), „Kitobu-l-hoviyi-l-kabir“ („Buyuk qomus“), „Kitobu-l-iqnaʼ fi-l-fiqhi-sh-shofi’iy“ („Shofi’iy fiqhi haqidagi ishonchli manba“), „Kitob fi-l-buyu’“ („Savdo sotiq haqida“), „Kitob aʼlomi-n-nubuvva“ („Payg‘ambarlik alomatlari haqida kitob“), „Al-ahkomu-s-sultoniyya va-l-valoyoti-d-diniyya“ („Davlatchilik qonunlari va shar’iy boshqaruvlar“), „Qavoniynu-l-vizorati va siyosati-l-muluk“ („Podshohlar siyosati va vazirlik qonunlari“), „Kitob tashilu-n-nazar va taʼjili-z-zafar fi axloqi-l-malak va siyosati-l-muluk“ („Zafar quchish omillari va nuqtai nazar sohillari“), „Siyosatu-l-muluk“ („Podsholar siyosati“), „Kitob fi-n-nahvi“ („Arab tili grammatikasi“), „Kitobu-l-amsal va-l-hikam“ („Masalalar va hukmlar“), „Kitob adabu-d-dunyo va-d-din“ („Din va dunyo odobi“), „Adabu-l-qozi“ („Qozilik odobi“), „Kitob adabu-t-takallum“ („Nutq madaniyati haqida kitob“), „Kitob maʼrifati-l-fazoil“ („Fozillarning maʼrifati“), „Kitobu-r-rutba (martaba) fi talabi-l-hisba“ („Hisba tashkilotining talabi haqida rutbalar kitobi“) kabi asarlar shular jumlasidandir.[2]