Kingdom Arena

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Al-Mamlakah Arenadan yoʻnaltirildi)
Kingdom Arena
Al-Mamlakah Arena
المملكة أرينا
Qirolligi Arena
Oldingi nomlari Boulevard Hall (2023)
Manzili Riyod, Saudiya Arabistoni
Operator General Entertainment Authority
Sigʻimi 30,000–40,000[1]
Chim turi Tabiiy oʻt
Konstruksiya
Buzilgan joy 2023
Qurilgan 2023–24
Ijarachilar
Al Hilal
Website
Rasmiy sayti

Kingdom Arena (Al-Mamlakah Arena) (arabcha: المملكة أرينا), (oʻzbekcha: Qirolligi Arena) Dastlab (Boulevard Hall), Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida joylashgan futbol stadioni. Stadion oʻzining futbol oʻyinlarida 30 000 tomoshabinni sigʻdira oladi va maxsus trosslar bilam tortilgan tom qismiga ega. 2023-yil sentabr oyida Kingdom Holding kompaniyasi stadionni Al Hilol SFC jamoasiga uy stadion sifatida boshqarish huquqini berdi[2][3].

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kingdom Arena 180 kun ichida qurilgan va 30 000 dan ortiq odamni, shu jumladan 20 ta hashamatli koʻngilochar muhlislar joylarini sigʻdira oladi. U tortiladigan tomga va markazga osilgan toʻrt tomonlama moslangan video ekranga ham ega[4].

Stadionda oʻtkaziladigan birinchi futbol oʻyini 2024-yilning 29-yanvarida „Al Hilol“ va „Inter Miami CF“ oʻrtasidagi oʻrtoqlik oʻyini boʻlib, „Al Hilol“ 4:3 hisobida gʻalaba qozongan[5].

2024-yil 8-fevral kunida Kingdom Arena dunyodagi eng katta yopiq futbol stadioni va yopiq stadion uchun eng yuqori sigʻimliligi boʻyicha Ginnesning ikkita rekordlar kitobiga kiritildi[6].

Voqealar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boks[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2023-yil 28-oktyabr – Tayson Fyuri Frensis Ngannuga qarshi
  • 2023-yil 23-dekabr – Entoni Joshua Otto Uollinga qarshi
  • 2024-yil 8-mart – Entoni Joshua Frensis Ngannuga qarshi
  • 2024-yil 18-may – Tayson Fyuri Aleksandr Usikka qarshi

Aralash jang sanʼatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2024-yil 24-fevral – PFL Bellatorga qarshi
  • 2024-yil 22-iyun – UFC Fight Night 244

Futbol oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2024-yil 29-yanvar – „Al Hilol“ – „Inter Mayami“
  • 2024-yil 8-fevral – „Al Hilol“ – „Al Nassr“

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ar-Riyod mavsumi
  • Bulvar dunyosi
  • Bulvar shahri

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „'Kingdom Arena' set to become Al-Hilal’s premier stadium“. Saudi Gazette (2023-yil 29-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 30-yanvar.
  2. „Kingdom Arena Stadium Ready for Riyadh Season Cup“. Leaders MENA (2024-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 30-yanvar.
  3. „kingdom-arena“ (2023).
  4. Halligan, Neil. „Inside Riyadh's Kingdom Arena, Saudi Arabia's new sports and entertainment centre“. The National (2024-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 2-fevral.
  5. Kaufman, Michelle. „Messi, Suarez, Ruiz score, but Inter Miami loses friendly 4-3 to Saudi club Al Hilal“. Miami Herald (2024-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 2-fevral.
  6. Wael, Ragya. „Kingdom Arena Receives Two Guinness World Records“. Leaders MENA (2024-yil 9-fevral). Qaraldi: 2024-yil 9-fevral.