Kontent qismiga oʻtish

Al-Ajurrumiyya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Al-Ajurrumiyya
Muallif(lar) Ibn Ajurrum
Til arabcha
Janr(lar)i Grammatika
Nashr etilgan sanasi 13-asr

al-Ajurrumiya (arabcha: الْآجُرُّومِيَّةِ) toʻliq nomi Al-Muqaddima al-Ajurrumiyya fi mabadi ilm al-Arabiya 13-asrda yozilgan arab tili grammatikasi kitobidir (نحو عربي, naḥv ʿarabī). Oson yodlash uchun juda ixcham boʻlgan ushbu asar oʻsha paytdagi arab jamiyatlarida mumtoz arab tilini oʻrganish boʻyicha boshlangʻich taʼlimning asosini tashkil etib, Qurʼondan keyin Alfiya bilan birga yod olingan asosiy kitoblardan biri boʻlgan. Ushbu kitobni marokashlik berber Abu Abdulloh Sidiy Muhammad ibn Dovud as-Sanhoji (aka „Ibn Ajurrum“) (vaf. 1324) yozgan[1].

Ruhoniy J.J.S.Peruun asar tarjimasiga yozgan so‘zboshisida shunday degan:

Ajrumiya arab tili sintaksisi boʻyicha mashhur va foydali toʻplamdir. Bu asarni arablarning oʻzlari standart taʼlim darsligi sifatida qabul qiladilar. Buloq, Jazoir va boshqa joylarda uning turli nashrlari chiqqan. Ammo bu mamlakatda ularni topish har doim ham oson emas...“[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Eickelman, D. F. (1992). Knowledge and Power in Morocco: the Education of a Twentieth-Century Notable. Princeton: Princeton University Press, p. 56
  2. J. J. S. Perowne (1852) Al Adjrumiieh: the Arabic text with the vowels, and an English translation (Cambridge: Macmillan & Co.)

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]