Al-Adiliya masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Al-Adiliya masjidi
جَامِع الْعَادِلِيَّة
Mamlakat  Suriya
Hudud Halab
Koordinatalar 36°11′50.8″N 37°9′27.9″E / 36.197444°N 37.157750°E / 36.197444; 37.157750 G OKoordinatalari: 36°11′50.8″N 37°9′27.9″E / 36.197444°N 37.157750°E / 36.197444; 37.157750 G O
Binokor Meʼmor Sinan
Asosiy sana:
1566-yil
Minoralar soni 1

Al-Adiliya masjidi (arabcha: جَامِع الْعَادِلِيَّة, turkcha: Adliye Camii) yoki Dukaginzade Mehmed Posho masjidi Halabdagi kulliya boʻlib, Qalʼaning janubi-gʻarbida, qadimiy shaharning „Al-Jallum“ tumanida, Al-Saffahiya masjididan bir necha metr uzoqlikda joylashgan. Masjid 1556-yilda Dukakinzoda Mehmed Posho tomonidan vaqf qilingan. Dukakinzoda Mehmed Posho 1551-yildan 1553-yilgacha Misr general-gubernatori etib tayinlanganidan keyin alban-usmonli Halab general-gubernatori lavozimida ishlagan. 1557-yilda vafot etgan va masjid 1565-1566 (hijriy 973) yillar oraligʻida qurib bitkazilgan[1]. Mazkur inshoot Usmonlilar davrining Halabdagi Xusruviya masjididan keyin eng qadimiy masjidlaridan biri hisoblangan.

Masjid gubernator saroyi yaqinida joylashgani uchun Adiliya nomi bilan mashhur boʻlgan, chunki u Dar al-Adl, shuningdek, Dor al-Saada deb ham nomlanadi[1][2].

Masjidda katta gumbazli namozxona bor, uning oldida qoʻshaloq ayvon bunyod etilgan. Shimol tarafdagi derazalar tepasida va ibodatxonada yorqin rangli kafel bilan qoplangan lunette panellari mavjud. Bular Turkiyaning Iznik shahridan olib kelingan boʻlishi mumkin deb taxmin qilinadi[1][2].

2014 yoki 2015-yil yozida Halab jangi paytida bino deyarli butunlay vayron qilingan.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Necipoğlu 2005.
  2. 2,0 2,1 Carswell 2006.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]