Kontent qismiga oʻtish

Akvametriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akvametriya (lotincha: „aqua“ — suv va grekcha: „metreo“ — oʻlchayman) — anorganik va organik moddalar tarkibidagi suv miqdorini bevosita aniqlash. Bunda, masalan, moddani maxsus shkafda oʻzgarmas vaznga kelguncha quritish yoki uni kalsiy karbid bilan ishlab, ajralib chiqadigan atsetilen hajmini oʻlchash kabi usullar qoʻllanadi. Akvametriyaning boshqa usullardan afzalligi shundaki, modda tarkibidagi suv erigan, yutilgan, gidratlangan, kristall va boshqa holatlarda boʻlib, miqdori juda oz boʻlganida ham bu usul qoʻl kelaveradi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil