Akustika materiallari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akustika materiallari — tovush yutuvchi va qaytaruvchi materi-allar. Akustika materiallarining tovush yutuvchanligi ulardagi gʻovaklarning yirik-maydali-giga va tutash-tutashmasligiga bogʻliq. Gʻovak betonlar, koʻp qatlamli gips tax-talar, akustik suvoq (gʻovak toʻldirgich va bogʻlovchi asosida tayyorlangan qorishma), mineral paxta va undan ishlangan na-mat, yogʻoch qipigʻidan va asbest-kartondan tayyorlangan taxtalar, qamish va somon taxtalar Akustika materiallari hisoblanadi. Bu mate-riallar sukunat talab etiladigan xona devorlariga va sanoat uskunalari tagiga qoʻyishda ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil