Akustik rezonator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akustik rezonator (Gel-mgols rezonatori) — kichik tirqish yoki naycha orqali tashqi muhit bilan tutashgan idish. Past takroriylikli (chastotali) tebranishlarni oʻz oʻlchamlaridan ancha katta masofaga tarqatadi. Gelmgols va Reley nazariyalariga koʻra, Akustik rezonator ni bitta erkinlik darajali tebranish tizimi deb qarash mumkin. Masalani soddalash-tirib qaraganda barcha kinetik energiya rezonator boʻgʻzida harakatlanuvchi havo qatlamida toʻplangan, potensial ener-giya esa idish ichidagi havoning elastik deformatsiyasiga bogʻliq deyish mumkin. Bu holda Akustik rezonator ning xususiy takroriyligi idish va idish boʻgʻzining shakliga bogʻliq boʻlmaydi. Agar Akustik rezonator Gʻ takroriyligi boʻlgan garmonik tovush maydoniga joy-lashtirilsa, shu Gʻ takroriylik Akustik rezonator ning xususiy takroriyligi f0 ga teng boʻlganda Akustik rezonator dagi majburiy tebranishlar ampli-tudasi tovush maydoni amplitudasidan bir necha marta ortib ketadi. Xususiy takroriylik maʼlum boʻlsa, tashqi tovush takroriyligini topish mumkin. Akustik rezonator ning bu xususiyati tovush maydonini uning ta-kroriyliklariga karab tahlil qilishga imkon be radi. Rezonans boʻlganida Akustik rezonator boʻgʻzi yoki naychasida havo zarralari kat-ta tezlik bilan tebranadi va ishqalanish mavjud boʻlganida takroriylikli tovush jadal yutiladi. Akustik rezonator ning bu xossasidan meʼmoriy akustikada foydalaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil