Akustik filtr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akustik filtr — maʼlum ta-kroriylik (chastota)li tovushni ajratib utkazadigan yoki yutib qoladigan akustik qurilma. Eng oddiy Akustik filtr — akustik rezonator. Akustik filtr nazariyasi elektr filtr nazariyasi asosida ishlab chiqilgan. Boshlangʻich takroriylikdan maʼlum takroriylikkacha boʻlgan barcha tovush tulqinlarini oʻtkazadigan Akustik filtr past ta-kroriylikli, maʼlum takroriylikdan yuqori tovush toʻlqinlarini oʻtkazadigan Akustik filtr yuksak takroriylikli va past takro-riylik bilan yuksak takroriylik orasidagi tovush toʻlqinlarini oʻtkazadigani po-losali Akustik filtr deyilib, u past va yuqori ta-kroriylikli Akustik filtr lardan iborat boʻlishi mumkin. Akustik filtr shovqinlarni kamaytirish maqsadida texnikada, meʼmorchilik va qurilishda keng tatbiq qilinadi (mas, avtomobil soʻndirgichlari).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil