Aktualizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aktualizm (geologiyada), aktu-alistik metod (ing. aktual – zamona-viy haqiqiy, amalda mavjud) – Yer taraqqiyotining tarixini o‘rganish uchun qullaniladigan qiyosiy-tarixiy metod. A. o‘tmishdagi geologik jara-yonlar hamda ular natijasida ro‘y bergan hodisalar hozirgi zamonda bo‘layotgan jarayon va hodisalarga o‘xshash degan fikrga asoslangan. Shunga asosan, hozirgi zamonda bo‘lib turadigan geologik ja-rayonlar, muhitlar va ular natijasida kelib chiqqan hodisalarni (hozirgi zamon cho‘kindilari, vulkan mahsulotlari, re-lef va hokazo) o‘tmishda paydo bo‘lgan jin-slarga, organik cho‘kindilarga, relef shakllariga taqqoslash yo‘li bilan o‘tmish geologik davrlarda bo‘lib o‘tgan geologik jarayonlar va tabiiy geografik sharo-itlar taxminan aniqlanadi. Ammo Yer doim taraqqiy etib turganligidan o‘tmish geo-logik ja-rayonlarini hozirgi jarayonlar bilan tuda taqqoslab bo‘lmaydi. Ba’zi bir ja-rayonlar ayrim geologik davr uchungina xos. Shuning uchun Yerning o‘tmish tari-xidagi geologik jarayonlarni hozirgi vaqtda kuzatilayotgan geologik jarayonlar bilan aynan taqqoslash unchalik to‘g‘ri emas.A. termini nemis geol. adabiyotida 19-asr 2-yarmida paydo bo‘lib, 20-asr 20-yillaridan ommalashdi. A. kurtaklari in-sonning dastlabki bilimlari vujudga kelgan davrda, eng kad. afsonalarda va yozma manbalarda uchraydi. Keyinroq geo-logik tarixni tushuntirishda A.dan Ibn Sino, Beruniy, 18-asr o‘rtalaridan Rossiyada M. V. Lomonosov, Buyuk Britaniyada J. Getton va boshqa foydalandilar. A.ning birinchi shaklini hozirgi uniformizm deb ataydilar. A. ilmiy prinsip sifatida 19-asr 1-yarmida ingliz olimi Ch. Layelning "Geologiya asoslari" asarida olg‘a surilgan. U katta dalillarga asoslanib, A.ni geologiyani o‘rganish usuli tariqasida tavsiya qildi. Layelning fikricha, o‘tmish geologik jarayonlar hozirgi zamon jarayonlaridan hech farq qilmaydi. Ba’zi bir xorijiy mamlakat geologlari hozir ham shunday fikrdalar. Uniformizmga hozirgi geologik dunyokarash sifatida geologik taffakko‘rning bosib o‘tilgan davri deb qaraladi. O‘zbekistonda yosh yotqiziklarni o‘rganish asosida qad. davr cho‘kindilarining hosil bo‘lish sharoitlarini aniqlash sohasida ko‘pgina ishlar qilingan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil