Aktinometr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aktinometr (aktino… va metr) — Quyoshdan bevosita keluvchi radiasiya jadalligini ulchaydigan asbob. Ishlash tarzi tushayotgan radiatsiyaning qoraytirilgan sirtga yutilishiga va nur energiyasining issiqlik energiyasiga ay-lanishiga asoslangan. Bunday A.larda radiatsiyani qabul qiluvchisi sifatida qoraga boʻyalgan yupqa metall boʻlagi (plastinka) ishlatiladi. Yutilgan radiatsiya issiqligini bir necha usul bilan, mas, radiatsiya taʼsirida asbob qabul qiluvchisi temperaturasining oshish qiymatini (kumush diskli A.), qabul qiluvchi bilan uning atrofidagi muhit temperaturasi orasidagi farq natijasida hosil boʻluvchi termotokni (Yanishevs-kiy termoustuni, Moll A.i), bimetall plastinkaning quyosh nuri taʼsirida deformatsiyalanish kattaligini (Mixelson A.i) oʻlchab to-piladi. Noʻrning ayrim spektri (rangi) quvvatini oʻlchashda fotokimyoviy, foto-elektrik hamda fotografik kabi selek-tiv usullar ishlatiladi. Bir necha nur filtrlari bilan taʼminlangan A. ham shu maqsadda qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil