Aksonometriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Aksonometriya (yun. axop – oʻq va metriya) – predmetlarni chizmada parallel proyeksiyalar yordamida tasvir-lash usuli. Fazoviy shakllarning aksi-onometrik proyekiiyalarini qurish uchun uchta oʻzaro perpendikulyar oʻqlar OX, OY, OZ va shu oʻqlardagi masshtab uzunliklar tanlanadi. Soʻngra ushbu shakl va bu oʻqlar masshtab bilan birga proyeksiyalar tekisligiga proyeksiyalanadi. Proyeksiyalash yoʻnalishi bilan aksonometrik pro-yeksiyalash tekisligi orasidagi burchakka qarab toʻgʻri burchakli va qiyshiq burchak-li A. xillarga boʻlinadi. Uch koordinata kesmalari bir xil oʻzgaradigan (izome-triya) va faqat ikki koordinata kesmalari bir xil oʻzgaradigan (dimetriya) A.lar koʻproq uchraydi. A. yaqqol boʻlishi bilan birga, unda tasvirlangan narsaning oʻlchamlarini topishga, predmetning askonometrik tasviri uning koordinatalar sistemasiga nisbatan toʻla shaklini va joylashishini tiklashga imkon beradi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil