Kontent qismiga oʻtish

Akselerometr

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Akselerometr (lotincha: accelero — tezlataman va yun. metreo — oʻlchayman) — mashinalar, dvigatellar va hokazo, kosmik uchish apparatlari, raketalar, samolyotlar va boshqa harakatlanuvchi ob’ektlarda paydo boʻladigan tezlanishni (oʻta yuklanishni) oʻlchaydigan asbob. Harakat turiga qarab chiziqli va burchakli akselerometr ishlash tarziga kura mexaniq elektr mexanik va boshqa; vazifasiga koʻra vaqt yoki yoʻl funksiyasi sifatida tezlanishni hamda tez oʻtadigan jarayonda tezlanishning eng katta (maksimal) qiymatini oʻlchaydigan xillarga boʻlinadi. Yozib oluvchi qurilmali akselerometr akselerograf deb ataladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil