Akropol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Akropol (yun. akros – yuqori, polis – shahar) – yunon shaharlarining 270muhofazalangan va balandlikka joy-lashgan qismi, yuqori shahar. Afina A.ining qad. mudofaa devorlari mil.-av. 2- ming yillikka oid. Odatda A. dast-labki manzilgoh bo‘lib, uning atrofida uncha mustahkam bo‘lmagan quyi shahar deb atalmish qism joylashgan. A. dast-lab yunon jamoasining diniy va madaniy markazi bo‘lgan. A. larning ay-rim harobalarigina (Miken, Argos kabi) saqlanib qolgan. Bular o‘sha davr moddiy-madaniy va ma’naviy hayotining yuksak taraqqiyotidan darak beradi. Ular orasida mil. av. 447–438 yillarda haykaltarosh Fidiy rahbarligida me’-morlar Iktin, Kallikrat qurgan Afina A. i mashhur. Afina A. i majmuasidagi binolar orasida Parfenon ibodatxonasi diqqatga sazovordir. Afina A. ida arxeologik qo‘riqxona va muzey barpo etilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil