Akrom Umarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Akrom Umarov (1899–1956) — samarqandlik ganchkor usta, meʼmor. Hunarni otasi usta Umar va Abduqodir muhandis (Abduqodir Boqiyev)dan oʻrgangan. 1928 yildan Samarqanddagi meʼmoriy obidalarni tiklash bilan shugʻullangan; Sherdor Madrasa (devori va peshtogʻi), Tillakori va Ulugʻbek madrasalarining minoralarini tiklashda qatnashgan; Shohizinda ansamblidagi Qoʻshgumbaz maqbarasi, Amir Temur maqbarasi poygumbazi va gumbazi ustini koshinlar bilan toʻliq qoplagan. Buxoro va Shahrisabzdagi meʼmoriy obidalarni taʼmirlashda qatnashgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Umarov Akrom" OʻzME. U-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil