Akrolein

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akrolein (propenal, akril alde-gid), — toʻyinmagan alifatik aldegid, oʻtkir hidli, rangsiz, uchuvchan suyuklik; suyuqlanish temperaturasi 86,5 dan 88° gacha, qaynash temperaturasi 52,7°. A. laboratoriya sharoitida glitseringa kaliy bisulfat (qarang Kaliy sulfat), fosfat kislota yoki borat kis-lota taʼsir ettirish yoʻli bilan oson oli-nadi. Sanoatda formaldegidni atsetat aldegid bilan SiO, ishtirokida 300-320° da gaz fazada kondensiyalash yoʻli bilan hamda pro-pilenni havo kislorodi bilan suv bugʻi va vismut — molibden katali-zatorlari ishtirokida oksidlab olinadi. A. akrilonitril, glitserin, piridin, Rnikolin, etilvinil efirlar, polia-krolein va boshqa olishda ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil