Akram Tojiboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akram Ashurovich Tojiboyev (1944.29.12, Gʻallaorol tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Samarqand Davlat Universiteti (1969) va Sirdaryo pedagogika instituti (1978)ni tugatgan. 1969-yildan Payariq, Guliston tumanlaridagi maktablarda ingliz tili oʻqituvchisi, internat maktabda oʻquv boʻlimi mudiri, Payariq tuman xalq taʼlimi boʻlimida usuliyotchi, nazoratchi, 1992-yildan Chelak tuman xalq taʼlimi boʻlimida usuliyot kabineti mudiri, 1995—97 yillarda 26maktab direktori.