Akram Asqarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Asqarov Akram (?-Toshkent– 1891.15.10) – birinchi o‘zbek havaskor ar-xeologi. Akrampolvon nomi bilan mashhur. Savdogar oilasidan. A. o‘z davrining mashhur kolleksioneri sifatida turli-tuman arxeologik buyumlar va qad. tangalarni to‘plagan. Uning birgina numizma-tika kolleksiyasi 15 mingdan ortiqroq (17 oltin, 1498 kumush va 13537 mis) qad. pullardan iborat bo‘lgan. Shulardan 504 tasi Sankt-Peterburg Ermitajida saqlanmoqda. 1890 yil Toshkentda ochilgan qishloq xoʻjaligi va sanoat mollari ko‘rgazmasida A. o‘zining arxeologik va numizmatik kol-leksiyalari bilan ishtirok qildi. A. rus olimlarining O‘rta Osiyo bo‘ylab olib borgan ilmiy kuzatishlarida, jumladan, 1884 yilda rus tarixchisi N. I. Veselov-skiyning Surxondaryo, Farg‘ona va Zaraf-shon vodiylari hamda Buxoroda o‘tkazgan ilmiy safarida hamrohlik qildi. Rossiyaning arxeologiya jamiyati A.ning ar-xeologiya sohasida qilgan xizmatlarini taqdirlab, uni 1887 yilda kumush medal bilan mukofotlagan.Ad. .Lunin B. V., O numizmaticheskoy kolleksii oʻzbekskogo sobiratelya drev-nostey A. Askarova, Istoriya materi-alnoy kulturi Oʻzbekistana, vip. 6, T., 1964.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil