Akmalxon Ortiqov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akmalxon Joʻraxonovich Ortiqov — davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori. Shunga qadar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining 1-oʻrinbosari boʻlib faoliyat koʻrsatgan[1].1980-yili tug‘ilgan, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2001-yildan 2013-yilgacha oraligʻida Moliya vazirligida turli lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan. 2013—2015-yillarda Namangan viloyati hamda 2015—2017-yillarda Farg‘ona viloyati hokimiyatining moliya boshqarmasida direktorlik lavozimida ishlagan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Akmalxon Ortiqov Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga rahbar boʻldi“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  2. „Акмалхон Ортиқов иқтисодиёт вазири ўринбосари этиб тайинланди“ (2017-yil 28-iyul). Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.