Akmal Xoʻqandiy
Jump to navigation
Jump to search
Akmal Xoʻqandiy (Mulla Shermuhammad) (18-asr 1- yarmi, Farg‘ona viloyati Boytuman qishlog‘i– taxminan 1810, Qo‘qon) – o‘zbek shoiri. Maxmurning ot-asi. Hayoti va ijodi haqida "Tuhfat ut-tavorix" (1863, Muhammad Amin Attor), "Majmuai shoiron", "Tuhfat ul-ahbob fi-tazkirat ush-ashob" kabi asarlarda ma’lumot keltirilgan. A.X. Madrasai Mir (Qo‘qon) da mudarris bo‘lgan. O‘zbek va tojik tillarida ijod qilgan. Tur-li tarixiy voqealarga bag‘ishlab she’-rlar, shiru shakar uslubida muhammaslar yozgan. Muhabbat va insoniylikni ulug‘lagan, adolatsizlikni qoralagan, xalqni ma’rifatga chaqirgan. Tuzgan devonlari saqlanmagan. Turli bayozlar ("Bayozi yangi", 1911; "Bayozi Muhallo", 1912; "Armug‘oni Hislat", 1912)ga kirgan asarlari yetib kelgan.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |