Akkreditiv
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
Akkreditiv (lotincha: accredo – ishonaman):
- naqd pulsiz hisob-kitoblar olib boriladigan bank hisob varagʻi;
- tomonlar oʻrtasida tuzilgan shartno-maga koʻra amalga oshiriladigan oʻzaro hisob-kitob turi. Unda qarz beruvchi (kreditor) oʻziga tegishli toʻlovlarni A. topshirigʻida koʻzda tu-tilgan shartlar va muddatlarda tegishli bank orqali olib turadi;
- nomiga yozib berilgan shaxsga kredit muassasasidan koʻrsatilgan summani olish huquqini tasdiqlovchi qimmatbaho qogʻoz. Bundan tashqari A.lar turli shaharlarda joy-lashgan korxonalarning mulkiy muno-sabatlarida (joʻnatilgan mahsulotlar uchun tovar-transport hujjatlari asosida haq toʻlash), xalqaro hisob-kitoblarda (ayniqsa, mamlakatlararo eksport-import munosabatlarida) keng qoʻllaniladi.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |